ChorvaPro'da yangi «Ratsion» bo'limi paydo bo'ldi. Hayvon turi, yoshi va vazni bo'yicha kuniga qancha pichan, omuxta yem va suv kerakligini hisoblab beradi.

Bo'limda butun podaga bir kunlik va bir oylik yem ehtiyoji ham ko'rinadi — ombor va xaridni oldindan rejalashtirish osonlashadi.

Natijalar taxminiy me'yorlarga asoslangan. Aniq ratsion uchun zootexnik bilan maslahatlashing.