Ushbu Maxfiylik siyosati ChorvaPro xizmatida shaxsga doir ma'lumotlar qanday yig'ilishi, saqlanishi, ishlatilishi va himoya qilinishini tushuntiradi. Siyosat O'zbekiston Respublikasining «Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida»gi Qonuni (O'RQ-547, 2019-yil 2-iyul) va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan.

1. Ma'lumotlar egasi va operatori

Shaxsga doir ma'lumotlar bazasining egasi va operatori — ChorvaPro xizmati egasi. Aloqa ma'lumotlari ushbu Siyosatning 10-bo'limida keltirilgan.

2. Qanday ma'lumotlar yig'iladi

Ferma hisobi: ism-familiya, telefon raqami, login, parol (faqat shifrlangan ko'rinishda), ferma nomi, tanlangan til.
Xodimlar: Bosh administrator qo'shgan xodimlarning ismi, telefon raqami, logini.
Telegram: botni ulaganingizda — Telegram ID raqamingiz va bot orqali yuborgan xabarlaringiz.
Texnik ma'lumotlar: IP manzil, brauzer turi, kirish vaqti, sessiya cookie fayli, xatolar jurnali, amallar tarixi (audit log).
Murojaatlar: «Yordam» bo'limi yoki sayt orqali yuborilgan xabarlar va telefon raqami.
Ferma ma'lumotlari: hayvonlar, davolash, moliya va boshqa yozuvlar. Ular odatda shaxsga doir ma'lumot emas, lekin xaridor, sotuvchi yoki boshqa shaxslarning ismi va telefoni kiritilishi mumkin — bunday ma'lumotlarni kiritish uchun ularning roziligini olish Foydalanuvchining majburiyatidir.
Biz biometrik va genetik ma'lumotlarni yig'maymiz.

3. Maqsadlar

  • Xizmatni ko'rsatish: ferma hisobini ochish, tizimga kirish, ma'lumotlarni saqlash va ko'rsatish;
  • Telegram orqali eslatmalar va bildirishnomalar yuborish;
  • obuna va to'lovlarni hisobga olish;
  • qo'llab-quvvatlash murojaatlariga javob berish;
  • xavfsizlikni ta'minlash, xatolarni aniqlash va Xizmatni yaxshilash;
  • qonunchilik talablarini bajarish.

4. Saqlash joyi va muddati

  • Ma'lumotlar O'zbekiston Respublikasi hududida joylashgan serverlarda saqlanadi.
  • Har kuni zaxira nusxa olinadi; zaxira nusxalar 14–30 kun saqlanadi va keyin avtomatik o'chiriladi.
  • Hisob ma'lumotlari ferma hisobi mavjud bo'lgan davrda saqlanadi. Hisob o'chirilgandan keyin ma'lumotlar 10 ish kuni ichida asosiy bazadan, 30 kun ichida zaxira nusxalardan o'chiriladi (qonunchilikda boshqa muddat talab qilinmagan bo'lsa).

5. Uchinchi shaxslarga berish

Ma'lumotlaringiz sotilmaydi va reklama maqsadida berilmaydi. Ular faqat quyidagi hollarda uzatilishi mumkin:

  • Xosting provayderi (O'zbekiston) — serverlarni ta'minlash uchun;
  • Telegram — botni ulasangiz, xabarlar Telegram Messenger orqali yetkaziladi;
  • Google (Gemini API) — faqat «Ovozli yordamchi» yoqilgan fermada: botga yuborilgan ovozli xabar matnga aylantirish uchun uzatiladi va saqlanmaydi. Bu xizmat O'zbekistondan tashqarida joylashgan; ovozli yordamchidan foydalanish ixtiyoriy;
  • qonunda belgilangan hollarda vakolatli davlat organlariga.

6. Sizning huquqlaringiz

Qonunga muvofiq siz quyidagi huquqlarga egasiz:

  • o'z ma'lumotlaringiz qayta ishlanishi haqida ma'lumot olish;
  • noto'g'ri ma'lumotlarni tuzatish (Profil sahifasida yoki murojaat orqali);
  • ma'lumotlarni yuklab olish — «Sozlamalar → Ma'lumotlarim» bo'limida;
  • hisob va ma'lumotlarni o'chirishni talab qilish — «Sozlamalar → Ma'lumotlarim → Hisobni o'chirish» yoki Telegram orqali;
  • qayta ishlashga berilgan rozilikni qaytarib olish (bunda Xizmatdan foydalanish to'xtatiladi);
  • vakolatli organga yoki sudga shikoyat qilish.

So'rovlar 10 ish kuni ichida ko'rib chiqiladi.

7. Himoya choralari

  • ulanishlar SSL (HTTPS) orqali shifrlanadi;
  • parollar qaytarib bo'lmaydigan usulda (bcrypt) shifrlanadi;
  • har bir ferma alohida ma'lumotlar bazasida saqlanadi;
  • xodimlar ruxsatlari Bosh administrator tomonidan cheklanadi, muhim amallar uchun PIN kod;
  • barcha o'zgarishlar audit jurnalida qayd etiladi.

8. Cookie fayllari

Biz faqat tizimga kirishni saqlash (sessiya), til va rejim (kunduzgi/tungi) tanlovi uchun zarur cookie va brauzer xotirasidan foydalanamiz. Reklama yoki kuzatuv cookie fayllari ishlatilmaydi.

9. O'zgartirishlar

Siyosat yangilanganda yangi tahrir shu sahifada e'lon qilinadi. Muhim o'zgarishlar haqida ilovada xabar beriladi.

10. Aloqa

Telefon: +998 91 240 45 69
Telegram: @behzod_mavlonov
Manzil: Toshkent, O'zbekiston