Fermangiz daftarsiz,
bitta ekranda
ChorvaPro — qo'y va qoramollar hisobi, davolash, emlash, naslchilik, xarajat va ishchilar topshiriqlarini bir joyda yurituvchi onlayn tizim. Kompyuterda, telefonda va Telegram botda ishlaydi.
Ro'yxatdan o'tmasdan · demo sizning alohida nusxangizda ishlaydi
- Demo'da bemalol sinab ko'ring
- O'rnatish shart emas
- Ma'lumotlaringiz alohida bazada


Fermangiz uchun kerakli hamma narsa
Daftar, Excel va xotiraga tayanishni to'xtating. Har bir hayvonning tarixi, har bir so'm xarajat va har bir topshiriq — nazoratda.
Hayvonlar reyestri
Birka raqami, tur, zot, jins, rang, tug'ilgan sana, vazn, rasm va ota-onasi. Sotilgan, so'yilgan va nobud bo'lganlar tarixi saqlanadi.
Qo'ralar
Har bir qo'rada nechta hayvon borligi, hayvonlarni qo'radan qo'raga ko'chirish va tarixini ko'rish.
Veterinariya
Kasallik, tashxis, dori, doza va davolash natijasi. Nazorat kuni kelganda tizim eslatadi.
Emlash kalendari
Qaysi hayvon qachon va qaysi vaksina bilan emlangani, keyingi emlash sanasi va ommaviy emlash.
Naslchilik
Juftlashtirish, homiladorlik, taxminiy tug'ish sanasi va tug'ilgan qo'zi-buzoqlarni avtomatik ro'yxatga olish.
Vaqtincha berish
Qaysi hayvon kimga, qachongacha berilgani. Qaytarish muddati o'tsa — ogohlantirish.
Xarajatlar
Yem, dori, jihozlar va boshqa xarajatlar: kim, qachon, qayerdan, qancha. Oylik jamlanma bilan.
Moliya
Sotuv va xarid, kirim-chiqim, kategoriyalar va sof foyda. Faqat rahbar ko'radi.
Topshiriqlar
Ishchiga vazifa bering — u Telegramda xabar oladi va «Bajardim», «Bajarolmadim» yoki «Keyinga qoldirildi» deb javob beradi.
Hisobotlar
Poda tarkibi, tug'ilish, o'lim, emlash va moliya hisobotlari. PDF, Excel va CSV ga eksport.
Eslatmalar
Emlash, nazorat, tug'ish va qaytarish muddatlari — hech narsa esdan chiqmaydi. Har kuni ertalab Telegramga xulosa.
Rahbar va ishchilar
Har bir ishchi o'z logini bilan kiradi. Kim nima qilgani audit jurnalida yoziladi. Moliyani faqat rahbar ko'radi.
Oddiy va tushunarli ko'rinish
Kompyuterda ham, telefonda ham qulay. Ilova sifatida telefon ekraniga o'rnatib olish mumkin.
Brauzer orqali ochiladi, bosh ekranga qo'shiladi — Play Market kerak emas.
Birka raqami yoki nom bo'yicha bir soniyada toping.
Bitta sahifada: davolash, emlash, vazn, nasl va hamma voqealar.

Telegram bot — ferma cho'ntagingizda
Saytni ochmasdan, to'g'ridan-to'g'ri Telegramdan ishlang. Har bir ferma o'zining shaxsiy botiga ega.
- Birka raqamini yozing — hayvon kartasi chiqadi
- Hayvon qo'shish, davolash, emlash, vazn va rasmni botdan kiriting
- Xarajat yozing va topshiriqlarga javob bering
- Har kuni ertalab: bugungi ishlar va eslatmalar
- «Dasturni ochish» tugmasi — to'liq tizim Telegram ichida
Qo'ra: 2-qo'ra · 3 yosh · 64 kg
🤰 Homilador — tug'ishi: 12-oktabr
💉 5 ta hayvonga emlash
🐣 2 ta tug'ish kutilmoqda
📋 Sizga 1 ta yangi topshiriq
Qanday boshlanadi?
Hech narsa o'rnatish shart emas. Hammasini biz sozlab beramiz.
Ariza qoldiring
Quyidagi formani to'ldiring yoki Telegramdan yozing.
Fermangiz manzili
Sizga alohida manzil beramiz: fermangiz.chorvapro.uz — o'z bazasi, o'z logini.
Ma'lumot kiriting
Hayvonlar, qo'ralar va ishchilarni qo'shing. Kerak bo'lsa, birga kiritib beramiz.
Nazorat qiling
Eslatmalar, hisobotlar va Telegram bot orqali fermani istalgan joydan boshqaring.
Kimlar uchun?
Kichik xo'jalik
Uyda 10–50 bosh qo'y yoki mol boqasizmi? Emlash va tug'ish sanalarini eslab yurish shart emas.
Standart tarif →Oilaviy ferma
Bir necha qo'ra va 2–5 ishchi. Kim nima qilganini, qancha xarajat bo'lganini ko'rib turasiz.
Standart tarif →Katta ferma
Yuzlab bosh, ko'plab ishchi, kunlik topshiriqlar. To'liq hisobot, Telegram bot va shaxsiy yordam.
Katta ferma tarifi →Tariflar
Kichikdan boshlang, ferma o'sgani sari tarifni oshiring. Yashirin to'lovlar yo'q.
Standart
Oilaviy fermalar uchun
- 500 tagacha hayvon
- 5 foydalanuvchi (rahbar + ishchilar)
- Barcha bo'limlar: xarajat, moliya, topshiriqlar
- PDF / Excel hisobotlar
- Audit jurnali
Katta ferma
Katta xo'jaliklar uchun
- Cheklovsiz hayvonlar
- Cheklovsiz foydalanuvchilar
- Shaxsiy Telegram bot
- Har kuni ertalabki xulosa
- Ma'lumot kiritishda shaxsiy yordam
🔒 Sotib olishdan oldin demo'da sinab ko'ring. Barcha tariflarda: alohida baza, SSL himoya, ma'lumotlarni istalgan vaqtda yuklab olish, o'zbek va rus tilida yordam.
Ko'p beriladigan savollar
Dasturni kompyuterga o'rnatish kerakmi?
Yo'q. ChorvaPro brauzerda ishlaydi — kompyuter, planshet yoki telefonda. Telefonda «Bosh ekranga qo'shish» orqali ilova kabi o'rnatib olasiz.
Internet yo'q joyda ishlaydimi?
Ma'lumotlar serverda saqlangani uchun internet kerak. Lekin mobil internetning ozgina tezligi ham yetarli, Telegram bot esa eng sekin internetda ham ishlaydi.
Ma'lumotlarim xavfsizmi?
Har bir ferma alohida bazada saqlanadi — boshqa fermalar sizning ma'lumotingizni ko'ra olmaydi. Ulanish SSL bilan shifrlangan, parollar himoyalangan holda saqlanadi.
Ishchilarim moliyani ko'ra oladimi?
Yo'q. Ishchilar hayvonlar, davolash, emlash, xarajat va topshiriqlar bilan ishlaydi. Moliya, sozlamalar va audit jurnalini faqat rahbar ko'radi.
Qo'y va qoramoldan boshqa hayvonlar bormi?
Hozir qo'y va qoramol uchun moslashtirilgan. Echki va boshqa turlar kerak bo'lsa — yozing, qo'shib beramiz.
Eski daftardagi ma'lumotlarni kiritib berasizmi?
«Katta ferma» tarifida kiritishda shaxsiy yordam beramiz. Boshqa tariflarda ham maslahat bilan yordamlashamiz.
Sotib olishdan oldin sinab ko'rsa bo'ladimi?
Ha. Demo fermada ro'yxatdan o'tmasdan barcha bo'limlarni sinab ko'rasiz. Har bir tashrif buyuruvchi alohida nusxada ishlaydi — bemalol qo'shing, o'chiring, boshqalar ko'rmaydi.
Qanday to'lanadi?
Oylik to'lov Click, Payme yoki bank o'tkazmasi orqali. Batafsil ma'lumotni ariza qoldirganingizdan keyin beramiz.
Ariza qoldiring
Ma'lumotlaringizni qoldiring — biz siz bilan bog'lanib, fermangizni sozlab beramiz.
Yoki to'g'ridan-to'g'ri yozing: